Ishni boshlash
Roʻyxatdan oʻting, tilni tanlang, biznes maʼlumotlarini va xodimlaringizni kiriting.
Mahsulotni mijozga ijaraga berish, qaytarib olish, toʻlovlar va hisobotlar — qadamma-qadam, rasmlar bilan.
Ijara ikki shaklda ishlaydi. Ikkalasiga bir xil telefon raqam va parol bilan kirasiz, maʼlumotlar bir xil.
| Qayerda | Manzil | Nima uchun qulay |
|---|---|---|
| Telefonda | app.ijarachi.app | Ijaraga berish va qaytarish, QR kodni kamera bilan skanerlash |
| Kompyuterda | panel.ijarachi.app | Katta jadvallar, hisobotlar, qidiruv |
Kompyuter haqida batafsil: Kompyuterda ishlash.
Biznesni yaratgan odam — Egasi. Egasi qoʻshgan odamlar — Xodim. Egasi hamma narsani koʻradi va oʻzgartiradi; xodim ijaraga berish, qaytarish va toʻlov qabul qilish bilan ishlaydi. Qoʻllanmada faqat egasiga tegishli joylar Faqat egasi belgisi bilan koʻrsatilgan. Batafsil: Kim nimani koʻradi.
Maslahat
Qoʻllanmadagi rasmlar namunaviy "Qurilish Ijara" biznesidan olingan. Ularda koʻringan ismlar va summalar toʻqib chiqarilgan.