Ijaraga berish yarim daqiqada
Mijozni tanlang, mahsulotni nomi yoki QR kodi bilan qoʻshing. Zalog, yetkazib berish va toʻlov shu bitta ekranda. Tajribali xodim yarim daqiqada bajaradi.

Kim nima olgan, kim qancha qarz, nima taʼmirda. Telefoningizda ham, kompyuteringizda ham.


Daftarda yoki jadvalda hammasini oʻzingiz eslab, qoʻlda hisoblaysiz. Ijara buning koʻp qismini oʻzi qiladi.
| Daftar va Excelning oʻrniga | Daftar yoki Excel | ijara |
|---|---|---|
| Mahsulot kimda? | Daftar yoki ExcelDaftarni varaqlab izlaysiz | IjaraMijoz kartasida va Mijozlardagi mahsulotlar hisobotida koʻrinadi |
| Qaytarish muddati | Daftar yoki ExcelOʻzingiz eslab yurasiz | IjaraMuddati oʻtganlar bosh sahifada turadi, mijozga bir bosishda qoʻngʻiroq qilasiz |
| Qarz | Daftar yoki ExcelQoʻlda hisoblanadi, xato ketishi mumkin | IjaraIjara haqi har kuni oʻzi hisoblanadi, qisman qaytarishda ham |
| Shikastlangan mahsulot | Daftar yoki ExcelYana ijaraga berib yuborish mumkin | IjaraShikast belgilansa taʼmir kartasi ochiladi, taʼmirdagi mahsulotni ijaraga berib boʻlmaydi |
| Yoʻqolgan mahsulot | Daftar yoki ExcelSummani qoʻlda qoʻshasiz | IjaraMahsulotda belgilangan summa ijara hisobiga oʻzi qoʻshiladi |
| Kim bergan? | Daftar yoki ExcelDaftarda yozilmasligi mumkin | IjaraHar ijarada bergan xodim yoziladi, hisobotda xodimlar boʻyicha tushum koʻrinadi |
Imkoniyatlar
Mijozni tanlang, mahsulotni nomi yoki QR kodi bilan qoʻshing. Zalog, yetkazib berish va toʻlov shu bitta ekranda. Tajribali xodim yarim daqiqada bajaradi.

Qisman yoki toʻliq. Har bir mahsulotni yaxshi, shikastlangan yoki yoʻqolgan deb belgilaysiz. Chegirma va zalog oʻzi hisoblanadi.

Mahsulotni dona boʻyicha yoki miqdori bilan yuriting. Har bir donaga QR yorliq chiqarib, telefon kamerasi bilan skanerlaysiz.

Telefon, pasport rasmi, mijozdagi mahsulotlar, toʻlovlar va qarz bir kartada. Muddati oʻtganga qoʻngʻiroq qilasiz yoki tayyor matnli SMS ochasiz.

Shikastlangan mahsulot uchun taʼmir kartasi oʻzi ochiladi. Taʼmirdagi mahsulot ijaraga berilmaydi.

Savdo (xodim, mahsulot va mijoz boʻyicha), toʻlanmagan qarzlar, mijozlardagi mahsulotlar, taʼmir va eng koʻp ijaraga berilganlar.
Faqat egasi uchun
Bitta hisob, bir xil maʼlumot. Ikkala ilovaga ham bir xil telefon raqam va parol bilan kirasiz.


Rasmlarda namunaviy biznes: Qurilish Ijara. Ismlar va summalar toʻqib chiqarilgan.
Ijaraga berish va qaytarish, QR kodni kamera bilan skanerlash.
app.ijarachi.app
Katta jadvallar, hisobotlar, qidiruv va CSV ga yuklash.
panel.ijarachi.app
Egasi
Xodim
Xodimga kerak boʻlmagan boʻlimlar menyuda koʻrinmaydi.
Biznes nomi, ismingiz, telefon raqam va parol. Qaysi yoʻnalishda ishlasangiz, oʻshani belgilang: kategoriyalar oʻzi tayyorlanadi.
Nomi, oʻlchov birligi, kun, hafta, oy yoki yil narxi va soni. Xodimlarni keyin qoʻshasiz.
Mijozni va mahsulotni tanlang, shartlarni yozing. Ijara raqami va hisob darhol ekranda.

Hozircha Ijara bepul: roʻyxatdan oʻtib, darhol ishlashingiz mumkin.
Yuklab olish shart emas. Ijara telefoningiz brauzerida ochiladi: app.ijarachi.app. App Store yoki Google Playda alohida ilova yoʻq. Kompyuterda panel.ijarachi.app manzilidan kirasiz.
iPhone (Safari): “Ulashish” tugmasini bosing, keyin “Bosh ekranga”. Android (Chrome): brauzer menyusini (uch nuqta) oching, keyin “Bosh ekranga qoʻshish”. Shundan soʻng ilova oddiy dastur kabi bir bosishda ochiladi.
Yoʻq, ilova internet bilan ishlaydi. Aloqa uzilsa, ekranda ogohlantirish chiqadi va saqlash oʻtmaydi. Internet qaytgach amalni takrorlaysiz.
Telefoningizda emas, serverda: telefonni almashtirsangiz ham maʼlumot joyida turadi. Har bir biznesning maʼlumotlari alohida, boshqa biznes ularni koʻra olmaydi. Kirish telefon raqam va parol bilan, xodim esa faqat oʻziga ochilgan boʻlimlarni koʻradi.
Ha. Egasi xodimni telefon raqami va parol bilan qoʻshadi. Xodim ijaraga beradi, qaytaradi va toʻlov qabul qiladi; hisobotlar, narxlar va sozlamalar faqat egasida. Xodim ketsa, uni oʻchirilgan holatga oʻtkazasiz: uning ishi tarixda qoladi.
Oʻzbek, rus va ingliz tillarida. Tilni menyudan istalgan vaqt almashtirasiz. Mahsulot va mijoz nomlari oʻzingiz yozganingizdek qoladi.
Ilova SMS oʻzi yubormaydi. SMS tugmasini bossangiz, telefoningizning SMS ilovasi tayyor matn bilan ochiladi, xabarni oʻzingiz yuborasiz. Qoʻngʻiroq qilish ham bir bosishda.
Hozircha bepul. Telefon raqam va parol bilan kirasiz.